Munozara o`tkazish
Holat:
O`qituvchi muayyan muammo to`g`risida matn tayyorlab, sabab va ta`sirlarini topish bo`yicha topshiriq beradi. Bu dars o`tish usuli muammoni hal qilish va muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida qo`llaniladi.
Аfzalliklari:
• Muayyan mavzuni muhokama qilish uchun intensiv yo`llardan biri.
• O`quvchilar sabab, farq va ta`sirlarni topishni o`rganadilar.
• O`quvchilar o`ylashni o`rganadilar.
• O`quvchilarning bilim va tajribalarini baholash uchun yaxshi imkoniyat.
Salbiy tomonlari:
• Аtroflicha tayyorlangan mavzu va motivatsiya talab etadi.
• Muammo darajasi o`quvchi darajasiga mos kelishi kerak.
• Ko`p vaqt talab qilinadi.
Muayyan vaziyatni o`rganish
O`qituvchi muayyan holat bo`yicha misol keltiradi va bunga nisbatan fikr bildirish, sabab va ta`sirlarni tahlil qilish topshirig`ini beradi.
Bu usul muammoni yechish tafakkurini rivojlantirish maqsadida qo`llaniladi.
Аfzalliklari:
• Muayyan mavzuni muhokama qilish uchun intensiv yo`llardan biri.
• O`quvchilar sabab, farq va ta`sirlarni topishni o`rganadilar.
• O`quvchilar o`ylashni o`rganadilar.
• O`rganishning faol yo`li.
• O`quvchilarning bilim va tajribalarini baholash uchun yaxshi imkoniyat.
Salbiy tomonlari:
• Yaxshi tayyorlangan holatni talab etadi.
• Muammo darajasi o`quvchi darajasiga mos kelishi kerak.
• Ko`p vaqt talab qiladi.
Eslatma: Ushbu dars o`tish usullaridan foydalangan paytingiz, uning ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olgan holda foydalanish tavsiya etiladi.