Dokadan foydalanishda texnik qoidalar
O`qituvchi amal qilishi kerak bo`lgan bir nechta texnik qoidalar mavjud. Bular doskada yozish tartibini ham o`z ichiga oladi. Garchi bu qoidalar arzimas tuyulsa-da, mana shu kichkina detallar ta`lim jarayoniga o`z ta`sirini o`tkazadi.
Belgilar:
- Agar siz darsda o`quvchilarga murakkab tasvirlarni ko`rsatmoqchi bo`lsangiz ularni doimo dars boshlangunga qadar doskaga chizib qoʼying.
- Doskaga yozib tushuntirilishi kerak deb hisoblaganlaringizni: masalan, jumalalar, chizmalar, raqamlarni o`zingiz uchun varoqlarda tayyorlab, alohida papkaga solib qo`ying.
- Doskada iloji boricha faqat qisqa matnlarni yoki tayanch tushunchalarni yozing. Uzun matnlarni qisqa gaplarda ifodalashga harakat qiling.
- Alohida jumla, chizma yoki raqamlar orasidagi masofaning bir xilligiga rioya qiling.
- Orfografik xatolarga ahamiyat bering va ularni oʼsha zahoti toʼgʼirlang.
- Harflarni kamida 4 sm balandlikda yozing va xonaning eng uzoq joyidan ham oʼqilishini tekshiring.
Ranglar:
- Аgar doska qora yoki boshqa biror to`q rangda bo`lsa, sosan oq boʼrdan foydalaning. Oq doskada esa qora marker ishlating.
- Rangli boʼr yoki markerlarni faqat didaktik nuqtai nazardan, biror belgini ajratish uchun qoʼllang.
- Matnning bitta mazmuniy qismi uchun faqat bir xil rang ishlating va shu qoidaga doim amal qiling, masalan, sarlavhalarni doim qizil rangda, oraliq sahifalarni doimo zangori, maxsus matn oʼrinlarini esa yashil rangda yozing.
Doskadagi taqdimot:
- Yozishni toza doskadan boshlang;
- Doskaning yon tarafida turing va nimanidir ko`rsatish uchun ukaska kabi yordamchi vositalardan foydalaning.
- Tanangiz bilan doskani toʼsmang.
- Iloji boricha oʼquvchilarga orqa o`girib turmang, doskaga yonbosh turgan holatda yozing.
- Doskaga qarab turib gapirmang va unga tikilib qaramang;.
- Doim barcha oʼquvchilarga qarashga harakat qiling (bir nuqtaga yoki bir o`quvchiga tikilib qolmang).
- Doskadagi keraksiz ma`lumotlarni o`chiring.
- O`quvchilar doskadagi ma`lumotlardan foydalanib bo`lgach yozuvlarni to`liq o`chiring.