"Warm up" metodi
Hech kim ertalab uyg`ongandayoq joyidan sakrab turib marafonda yugurishni boshlamaydi. Nima uchun? Sababi mushaklarimiz yugurishga moslashishi uchun, avvalo, qizib olishga muxtoj bo`ladi. Xuddi shu vaziyat kabi, o`quvchilar bir fandan chiqib boshqa bir fanga kirganda, yoki "ko`cha", "uy" rejimidan "dars" rejimiga o`tib olishlari va moslashishlari, diqqatlarini ayni shu fanga qaratishlari uchun darsni "Warm up" ya`ni "qizib olish" metodi bilan boshlash kerak.
Warm up avvalgi darslarni takrorlash va muhim tushunchalarni mustahkamlash uchun ham muhimdir. Tadqiqotchilarning fikriga ko`ra biror tushunchani to`liq yodda saqlab qolish uchun uni kamida 4-5 marta takrorlash kerak. Warm-up esa yangi mavzuga tayyorgarlikdan tashqari, avvalgi mavzular yuzasidan o`sha foydali takrorlashlarni amalga oshirish uchun ham ayni muddao. Warm upning yana bir foydasi o`quvchilarning darsdagi sinovlar yoki loyihalarni boshlash oldidan shaxsiy tashvishlari va stresslarini unutishga yordam beradi.
Masalan:
"Apelsin" warm up o`yini
O`quvchilar bir-birlariga tezkor savollar berishadi. Boshqalar esa har qanday savolga javobni apelsin bilan bog`lagan holda qaytarishlari kerak bo`ladi. Siz apelsin o`rniga istalgan narsani tanlashingiz mumkin. O`yinning yagona sharti esa: kulib yubormaslik. O`yinni tajribadan o`tkazib ko`rgan o`qituvchilar apelsin bilan berilgan javob butun sinfni taqiqlangan bo`lsada baribir kuldirishi, natijada sinfda ko`tarinki kayfiyat uyg`onishini ta`kidlashdi. Natijada o`quvchilarning kichik stresslari ularni darsda bezovta qilmaydi.
"Rasmni tasvirlash" warm up o`yini
Bu boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun mo`ljallangan o`yin. O`yin jarayonida o`quvchilarga aytilgan rasmni ko`rsatishi va ko`rgan narsalarini tasvirlashi uchun 30 soniya vaqt berish kerak. Tanlangan rasmdagi tasvir aniq bo`lmasligi kerak. O`quvchini o`ylashga va kreativ javob axtarishga majbur qilsin. Har bir tog`ri ta`rifni baholab boring.
"Bugunning yangiliklari" warm up o`yini
Bu katta sinf o`quvchilari uchun mo`ljallangan o`yin. Jarayonda o`quvchilarga kunning dolzarb mazulari yuzasidan munozarali savollar bering. Sinfni ikki guruhga ajrating. ikkala guruh bir-birga qarshi pozitsiyada tursin. Javoblarni argumentlar bilan isbotlasin. Bu o`quvchilarga darsni boshlashdan oldin kuch-g`ayrat, jo`shqinlik beradi.