Ta`lim texnologiyalaridan namunalar

Ta`lim texnologiyasi – o`qitish va o`qish jarayonini ishlab chiqish, amalda qo`llash va baholashning sistematik yo`lidir. U maqsadga erishishga yo`naltirilgan bo`lib, o`rganuvchining bilim olish qobiliyatiga va insonlararo muloqot bo`yicha o`tkazilgan tadqiqotlar natijasiga asoslanadi.

 

Breynstorming texnikasi. Aniq maqsadga yo`naltirilgan savollar berish orqali guruhda bahs-munozara tashkil qilinadi. O`qitish jarayonida muayyan bir mavzu bo`yicha fikr mulohazalar yig`ib olinadi. Uni o`tkazishga "Pinbord" usuli ham yordam beradi. 
Pinbordning vazifasi munozara usullarini yoki o`quv suhbatini amaliyotga yo`naltirilgan usullar bilan moslashdan iborat.

 

Bu jarayonda
Ta`lim beruvchi:
- Muammolarni yechish uchun o`z nuqtayi nazarini bayon qiladi;
- Aqliy hujumni tashkillashtiradi.

 

Ta`lim oluvchilar:
- Taklif etadi, muhokama qiladi, baholaydi, eng ma`qbul eng samarali  g`oyalarni tanlaydi.
- G`oyalarni qog`ozda qisqacha  (2 so`zdan ko`p bo`lmagan) ifodalab beradi va yozganlarini doskaga ilib qo`yadi.

 

Guruh a`zolari: (ta`lim beruvchi tomonidan belgilangan 2-3 talaba)
 Doskaga chiqadilar va boshqalar bilan maslahatlashib:
- Xatolarni va takrorlangan g`oyalarni aniqlaydilar;
- Bahsli g`oyalarni aniqlaydilar;
- Tizimlashtirish mumkin bo`lgan g`oyalarni saralaydilar; 
- G`oyalarni tizimlashtirilish darajasiga qarab guruhlarga ajratadilar (kartochkalar,varaqlar).

 

Ta`lim beruvchi:
- Natijalarni mumlashtiradi vai baholaydi.

Breynstorming va Pinbord texnikasini alohida-alohida ham o`tkazish mumkin.