Ta`lim berishning dastlabki qonuniyatlari:

- Tushunarlidan tushunarsizga;
- Yaqindan uzoqqa;
- Osondan qiyinga;
-  Аniqdan mavhumga;
-  Umumiydan xususiyga.

Didaktik xatti-harakat nima?


Bu o`qituvchi tomonidan ta`lim jarayonida didaktika va metodikani birlashtirish orqali tashkillashtiriladigan xatti-harakatdir.

Didaktik xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun o`qituvchi o`z oldiga quyidagi savollarni qo`yishi va ularga javob izlashi kerak.

1. Kimlar o`qitadi?
2. Kimlarni o`qitish kerak?
3. O`qitish orqali qanday maqsadlarga erishish kerak?
4. Maqsadga erishish uchun qanday materiallardan foydalanish kerak?
5. Nazariy yoki amaliy darsni qanday sharoitda o`tkazish kerak?
6. Nazariy yoki amaliy darsni qaysi usullar yordamida o`qitish kerak?
7. O`qishni qanday tashkil qilish kerak?
8. Ko`zlangan maqsadga erishilgani qanday baholanadi?