"Kamroq – bu ko`proq" Finlyandiya ta`lim tizimiga singgib ketgan minimalizm
Bugungi jamiyat ko`proq va ko`proq istemol qilish bilan ovora. Hamma narsani, shu jumladan ta`limni ham.
Biz odatda kun qanchalik samarali o`tganini kechqurun qanchalik charchaganimiz bilan o`lchaymiz. Qadr-qimmatimiz esa, qanchalik ko`p mehnat qilishimiz, qanchalik band inson ekanligimizga bog`liq.
Ta`limda ham yaxshi natijaga erishish uchun ko`proq o`rganish kerak deb hisoblaymiz. O`quvchilarimiz doimiy ravishda kattaroq va yaxshiroq ishlarni bajarishim kerak degan bosim ostida yurishadi.
Biroq Finlyandiyaliklarning o`ziga xos falsafasi buning teskarisini ko`rsatadi.
Ular "kamroq bu ko`proq" deb hisoblashadi. Ushbu milliy mantra fin tafakkuriga chuqur singib ketgan.
Ularning hayot tarzi mana shu qadriyatga aososlanadi. Ularning uylarida farovon yashash uchun zarur bo`lganidan ko`proq buyumlar yo`q. Ular ortiqcha iste`mol qilmaydilar. Ular sodda va kamtarlik bilan yashaydilar. Ayollar kamroq pardoz qilishadi. Erkaklarda ulkan yuk mashinalari yo`q (yoki umuman hech qanday transport vositasi yo`q). Finlar yuzlab arzon kiyim-kechaklarni sotib olish o`rniga bir necha oyga emas, balki o`nlab yillarga xizmat qiladigan yuqori sifatli bir nechta kiyim xarid qilishadi.
Eng qizig`i bu dunyoqarash Finlyandiyaning ta`lim falsafasiga ham rahbarlik qiladi:
1. Kamroq rasmiy ta`lim = ko`proq qo`shimcha imkoniyatlar
Finlyandiya o`quvchilari yetti yoshdan boshlab maktabda o`qishni boshlaydilar. Finlyandiya o`z farzandlariga bola bo`lishlariga, sinfda qamalib o`tirgandan ko`ra, o`ynash va o`yin orqali hayotni o`rganishlariga imkon beradi. Bolalar o`qishga va diqqatni jamlashga tayyor bo`lgach, maktabga qabul qilinadi.
Keyin to`qqiz yillik majburiy maktabda ta`lim olishadi. To`qqizinchi sinfdan keyin hamma narsa ixtiyoriy bo`lib, 16 yoshida o`quvchilar quyidagi ta`lim turidan birini tanlashi mumkin:
Yuqori o`rta maktab: Bu uch yillik dastur o`quvchilarning Universitetga qabul qilinishini belgilaydigan ta`lim bosqichidir. O`quvchilar odatda qaysi o`rta maktabga borishni xohlashlarini maktab mutaxassisliklari asosida tanlaydilar. Ushbu muassasaga kirish uchun ariza topshiradilar. Buni o`rta maktab va kollej hamkorligi deb atash mumkin.
Kasb-hunar ta`limi: Bu bosqich ham uch yil davom etadi. U talabalarni turli kasblarga o`rgatadi. Shuningdek ularga Universitetlarga imtihon topshirish imkoniyatini beradi. Biroq bu bosqichni tugatgan talabalar, odatda, o`zlari egallagan kasbiy malakalardan mamnun bo`lib, Universitetda o`qishni emas, ishlashni ma`qul ko`radilar. Ular muvaffaqiyatli payvandchi yoki kosib bo`lishni afzal ko`radilar. Ular iste`dodlar har doim ham rasmiy akademiklar dunyosida bo`lishi shart emas deb hisoblashadi.
2. Maktabda kamroq vaqt = Ko`proq dam olish
Maktablarda darslar soat 9:00 dan 9:45 gacha boshlashadi. Darhaqiqat, Helsinki maktablarni ertalab soat 9: 00dan oldin boshlash mumkin emas degan qonun ishlab chiqishni o`ylamoqda. Chunki izlanishlar o`spirinlarning ertalab sifatli uxlashi kerakligini isbotlamoqda. O`quv kuni odatda soat 2:00 yoki 2:45 da tugaydi. Ba`zi kunlar ertaroq boshlanadi, ba`zi kunlar keyinroq boshlanadi. Finlyandiya talabalarining jadvallari har doim har xil va o`zgarib turadi. Ammo ular odatda kuniga uchtadan to`rttagacha 75 daqiqalik mashg`ulot o`tkazadilar. Darslar orasida tanaffuslar mavjud. Bu umumiy tizim talabalar va o`qituvchilarga yaxshi dam olishga va o`qitish(o`rganish)ga tayyor bo`lish imkonini beradi.
3. Ko`rsatmalarning kamroq soati = Ko`proq rejalashtirish vaqti
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, fin o`qituvchisi yiliga 600 soat yoki kuniga taxminan 4 soat va undan kamroq dars beradi. Shuningdek, Finlyandiyada o`qituvchilar va o`quvchilar darslari bo`lmagan paytda maktabda bo`lishlari talab qilinmaydi. Masalan, payshanba kunlari tushlikdan tashqari darslari bo`lmasa, ular (o`qituvchilar ham, talabalar ham) shunchaki ketishlari mumkin. Yoki chorshanba kuni ularning birinchi mashg`ulotlari soat 11:00 da boshlanadigan bo`lsa, ular shu vaqtgacha maktabda bo`lishlari shart emas. Ushbu tizim fin o`qituvchisiga har bir darsni rejalashtirish va o`ylash uchun ko`proq vaqt ajratadi. Bu ularga ajoyib, o`ylantiruvchi darslarni yaratishga imkon beradi.
4. Kamroq o`qituvchilar = Ko`proq izchillik va g`amxo`rlik
Finlyandiyadagi boshlang`ich o`quvchilarini 6 yil davomida 1 ta o`qituvchi o`qitadi. Bu o`qituvchiga har bir o`quvchining shaxsiy xususiyatlarini muakammal o`rganish va shundan kelib chiqib ta`lim berishlariga imkon yaratadi.
5. Kamroq qabul kvotasi = O`qituvchilarga ko`proq ishonch
O`quvchini 6 yil davomida 1 ta o`qituvchi o`qitishiku yaxshidir, lekin agar bu o`qituvchi "yomon o`qituvchi" bo`lsa-chi deb so`rashingiz mumkin. Ammo Finlyandiyada yomon boshlang`ich o`qituvchilarni topish deyarli ilojsiz. Sababi Finlyandiya universitetlarida Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi kirish eng qiyin bo`lgan yo`nalishlardan biri hisoblanadi. Bu yo`nalish har yili topshiruvchi abituriyentlarning bor yo`g`i 10%ini qabul qiladi. Bu esa boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi bo`lish ancha mashaqqatli ekanini anglatadi.
6. Kamroq sinov = Ko`proq o`rganish
Imtihonlarning kamligi, va imtihon natijasi o`qituvchining maoshiga ta`sir ko`rsatmasligi o`quvchiga har bir darsga ijodiy yondashishga imkon beradi. Shuningdek o`quvchilarni ham ortiqcha bosimdan xalos qiladi.
7. Kamroq uy vazifasi = ko`proq ishtirok
OECD ma`lumotlariga ko`ra, Finlyandiya o`quvchilari dunyodagi eng kam uy vazifasibajaradigan o`quvchilardir. Ular o`rtacha bir kun davomida yarim soatlik uy vazifasini bajaradilar. Finlyandiya ta`lim tizimi maktabdagi darslarning o`zi yetarli deb hisoblaydi. Natijalarning statistikasi ham buning to`g`ri ekanini isbotlaydi.
8. Kamroq talabalar = Ko`proq individual e`tibor
Bu aniq. Agar sizda kamroq o`quvchi bo`lsa, siz ularga o`rganishlari kerak bo`lgan hamma narsani bera olasiz. Fin o`qituvchisi kuniga 20 dan ortiq o`quvchidan iborat 3-4 ta sinfga ega bo`ladi, shuning uchun ular kuniga 60 dan 80 gacha o`quvchilarni ko`rishadi.
9. Kamroq tuzilish = Ko`proq ishonch
Ishonch tizimning butun tuzilishi uchun kalit hisoblanadi. Bir-biridan shubhalanish va tizimning ishlayotganligini tekshirish uchun millionlab qoidalar, halqalar va testlarni yaratish o`rniga, ular shunchaki tizimga ishonadilar. Jamiyat yaxshi o`qituvchilarni yollash uchun maktablarga ishonadi. Maktablar o`qituvchilarning yuqori malakali shaxslar ekanligiga ishonadi va shuning uchun ularga o`quvchilar uchun eng yaxshi sinf muhitini yaratish erkinligini beradi. O`qituvchilar o`quvchilar topshiriqlarni bajara olishlariga ishonadilar. O`quvchilar ustozi ularga berishi kerak bo`lgan bilimni bera olishlariga ishonadilar.