Darsni rejalashtirish uchun ko`rsatmalar
Darsni toʼgʼri rejalashtirish uchun, pedagog ishni oʼzining vaziyatidan boshlashi lozim: “Mavzuni ilm-fanning eng soʼnggi talablariga muvofiq oʼrgata olamanmi yoki buning uchun men yana alohida tayyorlanishim kerakmi?” degan savolni oʼziga berib koʼrishi lozim.
Bundan keyin, pedagog oʼquvchilarning hozirgi vaziyatini tahlil qilib, rejalashtirishni davom etishi mumkin, yaʼni u oʼquvchilarning dastlabki bilim va sharoitlarini aniqlab olishi lozim.
Buning uchun quyidagi asosiy savollar qoʼyilishi lozim:
• Bilim olishi kerak boʼlgan oʼquvchilarning dastlabki sharoitlari qanday?
• Nazariy dars yoki amaliyotni oʼtkazish uchun qanday shart-sharoitlar mavjud?
• Qanday oʼquv mazmunlar oʼrgatilishi koʼzda tutilmoqda?
Rejalashtirishning eng boshida bu savollarni oʼrganib chiqish – dars mazmunining boshqa barcha tayyorlash xarakatlariga asosdir. Bu tushunchalar va savollar oʼrtasidagi bogʼliqlikni quyidagi omillar aniq koʼrsatadi.
Maqsadlar: Nima uchun?
Har bir dars oldindan belgilangan maqsadlarga rioya qilishi lozim. Odatda oʼquv dasturi asosida belgilashimiz mumkin boʼlgan aniq bir maqsad koʼrsatilishi lozim. Maqsadlar yozma ravishda dars rejasiga kiritiladi va maqsadga erishilgan-erishilmaganligi test va topshiriqlar yordamida tekshiriladi.
Mazmunlar: Nima?
Tanlab olingan oʼquv maqsadlarga muvofiq ravishda bilimlar sohaning mazmuni( shu jumladan, koʼnikmalar va oʼzini tutish tarzlari) belgilanadi. Bu mazmunlar bir tomondan kerakli dastlabki bilimlarni (nazariy dars mazmunini) va boshqa tomondan topshiriqlarni bajarish uchun kerakli maxsus bilimlrni ( amaliy dars mazmunini) inobatga olishi kerak. Buning uchun “Mazmun strukturasi ” tuzilishi kerak.
Oʼzini tutish tarzlari oʼzgarishini ifodalaydigan mazmunlar ham tanlab olinishi kerak.
Usul: Qaysi tarzda?
Аgar maqsadlar va mazmunlar aniq boʼlsa, aynan shunday usullar tanlab olinishi kerakki, ular shu maqsad va mazmunlarni oʼlchanadigan natijalarga aylantira olishlari lozim. Bu munosabatda “oʼrgatish va oʼrganish usullari” deb atalgan usullar oʼqituvchi tomonidan tanlab olinadi va qoʼllanadi.
Sharoitlar: Nimalar yordamida?
Sharoitlar deganda, birinchi navbatda material-texnikaviy shart-sharoitlar tushuniladi. Bir tomondan, texnikaviy sharoitlar tushuniladi, yaʼni binolar, sinfxonalar, oʼquv ustaxonalar, laboratoriyalar, jihozlanganlik darajasi, instrumentlar, materiallarning umumiy xolati va hokazo, chunki ular maʼlum sifat standartlariga javob berishi kerak.
Boshqa tomondan esa, usullar va oʼquv vositalari tushuniladi, chunki ular oʼquv jarayonini bilimlar oʼzlashtirilishiga yordam beradi. Lekin gap, vositalarning koʼpligida emas, balki muayyan oʼquv maqsadga erishish uchun maʼqul keladigan vositalarni tanlab olishdadir.
Tashkillashtirish: Bu qanday qilinadi?
Yuqorida aytilgan hamma narsalar – vaqt faktorini inobatga olgan holda tashkil qilishi kerak. Chunki har bir darsga aniq vaqt chegaralari bor va aynan shu vaqt doirasida oʼquv maqsadlarga erishish lozim. Buning uchun nafaqat puxta reja, balki unumli tashkillashtirish ham kerak. Vaqt payti, vaqt davomi va oʼquv joy – tashkillashtirish jarayonida belgilanadi. Oʼrgatish va oʼrganishni tashkil qilishning xilma-xil imkoniyatlari bor.
Natijalar: Maqsadga erishildimi?
Dars oxirida maqsadlarga erishilgan yoki erishilmaganini tekshirish kerak.
Buning uchun baholash vositalari, usullari va kriteriylari belgilanishi lozim. Buning imkoniyatlari – bu mashqlar, ogʼzaki va yozma testlar hamda imtihonlar.