O`tilgan mavzuni mustahkamlovchi metodlar: Sinkveyn
O`tilgan mavzuni mustahkamlovchi metodlar: Sinkveyn
Sinkveyn bu mavzuga doir tushunchalarni aniqlashtirish, esda saqlab qolish uchun shakllantiriladigan ko`nikmadir. Sinkveyn so`zi fransuzcha so`zdan olingan bo`lib, ”besh qatorli she`r” degan ma`noni anglatadi. Sinkveynni o`quvchilarning o`zlari mavzu asosida yaratadilar.
Sinkveyn- ma`lumotlarni sintezlash (bir butunga keltirish) ga yordam beradigan qofiyalanmagan she`rdir. Sinkveyn tuzish- murakkab g`oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechta so`z bilan ifodalash uchun muhim bo`lgan malakadir. O`quvchilarga sinkveyn tuzdirish jarayonida o`rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to`g`risidagi axborot yig`iladi. Keyin bu tushunchalar turli variantlarda va turli nuqtayi nazar orqali ifodalanadi.
Sinkveyn tuzish qoidalari:
O`quvchilar mavzu doirasidagi tushunchalarni quyidagi tartibda she`rga solishlari kerak.
Avvaliga,
- qatorda tushuncha bir so`z bilan ifodalanadi ( odatda ot so`z turkumiga mansub so`z orqali)
- qatorda o`sha tushuncha ikkita sifat bilan tasvirlanadi.
- qatorda mavzu doirasidagi hatti-harakat uchta so`z bilan ifodalanadi. (3 ta fe`l yoki ravishdosh yoziladi).
- qatorda mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi bir nechta so`zdan iborat bo`lgan fikr yoziladi. (bir necha so`zdan iborat jumla yoziladi). qatorda tushunchaning mohiyatini takrorlaydigan,
- ma`nosi yaqin bo`lgan bitta so`z yoziladi (sinonim so`z yoziladi).
Mavzuga oid tushunchalar asosida sinkveyn tuza olgan o`quvchi, bu mavzuni unutib yubormaydi. Tushunchalarning mohiyatini anglab yetadi.