Sinf o`quvchilarini jipslashtiruvchi o`yinlar: "Haqiqat va yolg`on" o`yini

Ketadigan vaqt: 10-15 daqiqa
Ishtirokchilar soni: besh yoki undan ortiq kishi
Kerakli vositalar: stullar
Qoidalar: Barcha o`quvchilar bir-biriga qarama-qarshi o`tirishlari kerak. Har bir o`quvchi o`zi haqida uchta haqiqat va bitta yolg`on ma`lumot aytadi. Yolg`on fakt bror belgi bilan ajralib turishi kerak. 

Bolalar doira shaklida stullarda o`tiradi. shu shaklda, navbat bilan har bir o`quvchi yonidagi o`quvchiga uchta haqiqiy va bitta yolg`on faktni  aytadi. Biroq qaysi biri yolg`on ma`lumot ekanligi oshkor qilinmaydi. Keyingi o`quvchi ma`lumotlarni eshitgach, sinfdoshi haqidagi yolg`on ma`lumotni topishi kerak.

O`yindan maqsad: Sinf rahbarlari uchun yangi jamoalarni birlashtrish, sinfdagi konfliktli holatlarni va o`quvchilarning bir-birlariga nisbatan keskin qarorlarini yo`q qilishga yordam beradi. O`quvchilarga o`zlarni tanishtirishda ba`zi faktlarni aytib berishlari va do`stlari haqida ko`proq bilib olishlari  uchun  teng imkoniyat yaratadi.