Yaxshi o`qituvchining 5 ko`nikmasi

Yaxshi ustoz o`quvchi shogirdlarini yodlashga emas, fikrlashga undaydi!

 

Yaxshi o`qituvchi o`quvchi dunyosini ijobiy tomonga o`zgartirishi mumkin, bu o`quvchilarning sinfda o`qishlaridan tortib uzoq muddatli muvaffaqiyatlariga qadar ta`sir qiladi. Agar siz ta`lim sohasidagi martaba haqida o`ylayotgan bo`lsangiz, yaxshi o`qituvchining fazilat va sifatlarini ko`rib chiqing.

Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, yaxshi o`qituvchilar sinfda o`quvchilarning yutuqlariga hissa qo`shadigan eng muhim omil bo`lib, ular binolar, maktab resurslari va hatto maktab rahbarligidan ham muhimroqdir.

 Xo`sh, yaxshi o`qituvchi qanday ko`nikmalarga ega bo`lishi kerak?

 1. Kuchli kommunikatorlik

Ta`limni samarali tashkil etish to`g`risida gap ketganda, kuchli muloqot qobiliyatlari talab qilinadi, negaki o`quvchi uchun aloqa qo`rquvni yengish vositasidir.

 2. Yaxshi o`qituvchilar yaxshi tinglovchilardir

Tinglash o`qituvchining eng muhim mahoratlaridan biridir. Eshitishni va kuzatishni yaxshi biladigan o`qituvchilar odatda aytilmagan narsalarni, masalan, o`quvchida yuzaga keladigan har qanday tashvishlarni qabul qiladi, so`ngra o`quvchining ko`nikmalari va o`ziga bo`lgan ishonch darajasini rivojlantirishga yordam beradi. Tinglash ko`nikmasi o`qituvchilarga o`z o`quvchilarini yaxshiroq tushunish va darslarni yaxshi o`tishga yordam beradi.  

 3. Moslashuvchanlik muhim

Samarali o`qituvchilar doimo o`zgarib turadigan muhitda ishlashlari va o`quv uslublarini o`quvchilarining yoshiga, mavjud manbalarga va o`zgaruvchan o`quv rejasi, amaliyoti hamda o`quvchilariga qarab moslashtirishi kerak. Moslashuvchanlik, shuningdek, turli xil o`quv darajalari yoki turli xil uslubdagi o`quvchilarga dars bera oladigan o`qituvchi uchun zarur bo`lgan asosiy ko`nikmalardan biridir. Ya`ni siz tinglovchilaringizga qarab moslashishingiz kerak. Bir o`quvchi uchun oson bo`lgan narsa, boshqasiga oson bo`lmasligi mumkin. Har kim odatdagidan tezroq yoki sekinroq bo`lsin, yozish, o`qish yoki qo`l bilan yaxshiroq o`rganish orqali har xil yo`llar bilan o`rganadi. O`qituvchilar buni doimo yodda tutishlari va har bir o`quvchining to`g`ri yo`lda bo`lishiga e`tibor berishlari kerak. Yaxshi o`qituvchilar haqiqiy hayotda o`rganishni qadrlashadi ya`ni, o`quvchilarining bilimlarini real hayotga asoslaydi va amalda qo`llashlarini ta`minlaydi. 

Yaxshi o`qituvchi bo`lish uchun zarur bo`lgan asosiy ko`nikmalardan biri bu doimiy ta`limga sodiqlik va o`rganishga bo`lgan muhabbatdir. Siz o`zingizning mavzuyingiz bo`yicha ko`proq o`qiysizmi, yangi aloqa usullarini o`rganasizmi yoki sinfingizga ko`proq texnologiyalarni olib kirishga intilasizmi? O`zingizning bilimlaringizni kengaytirishni davom ettirish o`quvchilaringiz bilimlarini kengaytirishning kalitidir. O`zlarini o`rganishga bo`lgan ishtiyoq bilan o`z mavzulariga bag`ishlaganlar chinakam kasb fidoyisi. Samarali o`rganishni boshlash, bilim va haqiqiy dunyo tajribasining mustahkam poydevorini yaratish yaxshi o`qituvchi bo`lishning o`zagidir.

4.O`rganishga bo`lgan muhabbatni rag`batlantirish

Yaxshi o`qituvchilar, shuningdek, o`quvchilarga qiziqarli va jozibali tarzda ta`lim berish orqali o`rganishni qiziqarli tashkil qilishadi. O`quvchilar o`rganishdan zavq olsalar, ular darsga qatnashish, yaxshiroq o`rganish va doimiy o`qishni qadrlash ehtimoli ko`proq. Siz o`quvchilaringizga qaysidir yo`llar bilan ijobiy his-tuyg`ularni singdirishingiz kerak. 

 5. Muqobil o`qitish usullaridan foydalaning

Eng yaxshi o`qituvchilar har qanday mavzuni yanada qiziqarli qilish uchun yangi narsalarni sinab ko`rishga intilishadi. Darsni o`yin o`ynashga yoki musiqaga aylantiring. Ushbu qadam o`quvchilarga sinfdan tashqarida qo`llashi mumkin bo`lgan ijodkorlik, tanqidiy fikrlash va jamoaviy ishlash ko`nikmalarini o`rganishga va hatto ularni rivojlantirishga yordam beradi.