Motivatsiya tomon yo`l
Darsning kirish qismida o`quvchilarga motivatsiya berish uchun hikoyalar yoki qiziqarli ma`lumotlar aytib berish maqsadga muvofiq. Agar siz biror ko`nikmani o`zlashtirishda qiyinchiliklarga uchrayotgan o`quvchilaringizga motivatsiya bermoqchi bo`lsangiz, quyidagi hikoyani misol sifatida keltirishingiz mumkin:
Hech bo`lmasa beshgacha sanashni o`rganing...
Bir kun Albert Eynshteyn Leypsig shahrida tramvayga chiqdi. Konduktor uning yoniga keldi va yo`l haqqini to`lashni so`radi. Eynshteyn muloyimlik bilan javob berib pul sanadi va unga uzatdi.
Konduktor pulni sanadi, biroq yana 5 pfen yetmayotganini aytdi. Eynshteyn esa: "Bo`lishi mumkin emas, men diqqat bilan sanadim", - deya javob berdi. Konduktor pulni olimga yana qaytarib berdi, sanab ko`rsa rostdan ham kam. Eynshteyn yetmagan pulni qo`shib yana, xodimga uzatdi.
Shunda konduktor o`zi umuman tanimagan, biroq o`sha davrda mashxurlik cho`qqisida bo`lgan shaxsga qarab: "Shu davrda hech bo`lmasa beshgacha sanashni o`rganib olsangiz bo`lardi", - dedi va o`z ishida davom davom etdi.
Agar siz o`quvchilaringizda, insonparvarlik tuyg`ularini shakllantirmoqchi bo`lsanguiz, unda quyidagi hikoya siz uchun:
Baxt
O`qituvchi maktabga rangli sharlarni olib kelib, bolalarga ularni puflab, so`ng o`z ismlarini yozib qo`yishni buyuribdi. Ular aytilgan ishni bajarib bo`lishgach, puflangan sharlarni maktab yo`lagiga olib chiqishibdi. O`qituvchi sharlarni aralashtirib tashlab, o`quvchilarga 3 daqiqa ichida hamma o`z ismi tushirilgan sharni topishi lozimligini aytibdi. Bolalar o`ziga tegishli bo`lgan sharni izlashga tushishibdi. Lekin vaqt tugaguniga qadar uni topa olishmabdi...
Shunda o`qituvchi bolalarga: "Hammangiz o`zingizga yaqin turgan sharni oling-da, unda kimning ismi yozilgan bo`lsa, o`shani qo`liga bering", debdi. Oradan 2 daqiqa o`tar-o`tmas barchaning qo`lida ismi yozilgan rangli shar bor edi.
Shunda o`qituvchi: "Bu sharlar xuddi baxt kabidir — kimki uni faqat o`zi uchun qidirsa, topa olmaydi, biroq, hamma o`zgalar haqida qayg`urib, bir-biriga yordam bersa, uni ancha tezroq topish mumkin bo`ladi".
O`quvchilariga har kim o`zini o`zi tarbiyalashga, hammaning hayoti o`z qo`lida ekanligini anglatmoqchi bo`lgan o`qituvchilar uchun:
Ikki bo`ri haqidagi rivoyat
Bir paytlar keksa va dono hind nabirasiga bir muhim haqiqatni ochdi:
– Har bir odamda ikkita bo`rining kurashiga o`xshash jang ketadi. Bitta bo`ri yovuzlikni anglatadi: xasad, rashk, pushaymonlik, xudbinlik, shuhratparastlik, yolg`onchilik …
Boshqa bir bo`ri yaxshilikni anglatadi: tinchlik, sevgi, umid, haqiqat, mehribonlik, sadoqat …
Bobosining so`zlari qalbiga tekkan nabira bir necha lahza o`ylanib qoldi va so`ng so`radi:
– Oxirida qaysi bo`ri g`olib chiqadi?
Keksa hind tabassum bilan jilmayib, javob berdi:
– Sen boqqan bo`ri doim g`alaba qozonadi.