Dunyo maktablari to`g`risida qiziqarli faktlar
Internet, kutubxona va quyosh energiyasiga ega qayiq maktablari haqida eshitganmisiz?
Butun dunyo bo`ylab ta`limga oid juda ko`p qiziqarli ma`lumotlar mavjud va biz ushbu maqolada ulardan ba`zilarini ko`rib chiqamiz. Ishonamizki butun dunyo bo`ylab ushbu faktlar, raqamlar va maktabdagi biz uchun g`alati bo`lib tuyilgan, ammo ular uchun odatiy bo`lgan narsalar sizni ajablantira oladi.
Avstraliyada Aviatsiya maktabi olis tumanlarda joylashgan o`quvchilarga radio signallari yordamida darslarni efirga uzatadi.
Dunyodagi eng katta maktab Hindistonda. U Montessori shahrida joylashgan bo`lib ayni shu shahar nomi bilan ataladi va 32000 dan ziyod o`quvchiga ega.
Xitoy - bolalar eng ko`p uy vazifasini bajaradigan mamlakat. Shanxaylik o`spirinlar haftasiga 14 soat vaqtlarini ovqatlanish va shu kabi yumushlarga ajratishadi.
Pokistonda yashovchi bolalar qonuniy ravishda bepul ta`lim olish huquqiga ega emas va majburiy ta`lim faqat besh yoshdan to`qqiz yoshgacha beriladi.
Chilida yozgi ta`til dekabr oyining o`rtalaridan mart oyining boshigacha davom etadi, bu bolalarga uch oylik dam beradi. Albatta bu jarayon mamlakatning iqlimi bilan bog`liq.
Eng qisqa o`quv yili va eng uzoq o`quv kuni bo`lgan mamlakat - Fransiya.
Kanadalik bolalar uchun fransuz va ingliz tillari ta`lim jarayonida deyarli teng ahamiyatga ega ko`plab saboqlarni ayni shu ikki tilda olishadi. Kanadalik bolalarning 45% uylarida ingliz tilida so`zlashmaydilar. Darvoqe ingliz tili Kanadaning davlat tili hisoblanadi.
Gollandiyadagi barcha bolalar to`rtinchi tug`ilgan kunida maktabga borishadi, shuning uchun sinfda har doim yangi o`quvchi bo`ladi. Ya`ni bolalar dekabrda tug`ilgan bo`lsa dekabrda, martda tug`ilgan bo`lsa martda maktabga kelishadi.
Angliyada dunyodagi eng qadimgi maktab-internat - 1567 yilda tashkil etilganiga qaramay, zamonaviy sifatli uskunalar va jihozlardan foydalangan holda to`liq zamonaviy ta`lim beradigan Kanterberidagi Qirollik maktabi joylashgan.
Rossiyada 1-sentabr Bilimlar kuni bo`lgani bois, hatto bu sana dam olish kuniga to`g`ri kelsa ham o`quvchilar maktabga borishadi.
Dunyodagi eng kichik maktab Italiyaning Turin shahrida joylashgan bo`lib, unda bitta o`quvchi bor.
Finlyandiyada dunyodagi eng qadimgi boshlang`ich maktablar va eng muvaffaqiyatli ta`lim tizimlari mavjud.
Eronda o`g`il va qizlar universitetga kirishdan oldin alohida-alohida ta`lim olishadi. Hatto o`qituvchilar ham ular o`qitadigan sinflar bilan bir jinsga mansub bo`lishlari kerak.
Keniyada bolalar maktabga borishlari shart emas, lekin ularning aksariyati maktabga borishadi. Aniq qilib aytganda Keniyada majburiy ta`lim tushunchasi mavjud emas.
Mamlakatda tez-tez sodir bo`ladigan toshqin muammolari tufayli Bangladeshda kamida 100 ta qayiq maktablari mavjud. Ularning har birida internet, kutubxona va quyosh energiyasi mavjud.
Amerika - bu yerda siz dunyodagi eng keksa o`qituvchi, 101 yoshda bo`lgan Agnes Zhelesnikni topasiz.
Islandiya maktablarida o`qitiladigan fanlardan biri bu trikotaj.
Tibetning Phumachangang shahridagi boshlang`ich maktab dengiz sathidan 5373 metr balandlikda dunyodagi eng baland maktab hisoblanadi.
Ishonch bilan aytish mumkinki, ta`lim dunyoning turli joylarida va o`zgacha uslublarda olib boriladi ammo qayga borsangiz ham, bolalar o`zlari uchun joriy qilingan tizimda o`rganayotgani va rivojlanayotganining guvohi bo`lasiz.