Kubik metodi
Bu usul ko‘rilayotgan masalani turli tomondan, qadam-ba qadam, osondan qiyinga tomon yo‘nalishda tasavvur etish imkoniyatini beradi. Kubikning har tomoni muayyan topshiriqni ifodalaydi.
- Bu nima?
Ko‘rayotgan narsangizni rangi, o‘lchamlari, shaklini tasavvur eting va yozma ravishda ta’riflang.
- Taqqoslang
U nimaga o‘xshaydi, nimadan farq qiladi?
- Assotsiatsiya
Taassurotingizni izohlang. U sizni nima to‘g’risida o‘ylashga majbur qildi, xayolingizga nima keldi?
- Tahlil qiling
U nimadan va qanday yasalgan? Qanday qismlardan tashkil topgan?
- Qo‘llang
Bu nimaga yaraydi? Uni qayerda qo‘llash mumkin?
“Kubik” metodini qo‘llash bosqichlari:
- Mavzu (tushuncha) e’lon qilinadi;
- O‘quvchilar yakka tartibda ishlaydilar. Kubikning har bir tomoni uchun topshiriq berilib, 40-60 soniya tayyorgalik uchun vaqt ajratiladi.
- Yakka tartibda ishlash tugagandan keyin guruhlarda muhokama qilinadi.
- “Kubik”ning har bir tomonini guruh vakillaridan biri taqdimot qilib beradi.